Jinoyat-ijroiya kodeksi 7-modda. Mahkumni axloqan tuzatish. Axloqan tuzatishning asosiy vositalari

Mahkumni axloqan tuzatish — unda qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, jamiyatga, mehnatga, jamiyat turmushi qoidalari va anʼanalariga hurmat munosabatini shakllantirishdan iborat. Mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalariga jazoni ijro etish va oʻtashning belgilangan tartibi (rejimi), ijtimoiy-foydali mehnat, tarbiyaviy ish, umumiy va hunar taʼlimi, kasb tayyorgarligi va jamoat taʼsiri kiradi. Axloqan tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan holda qoʻllaniladi