Mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarini va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, shuningdek madaniy-maishiy sharoitni yaxshilash ishlarigagina mehnat haqi toʻlamay jalb etilishi mumkin. Mahkumlar mehnat haqi toʻlanmaydigan ishga, odatda, navbatma-navbat, ishdan tashqari vaqtda, haftasiga koʻpi bilan ikki soatga jalb etiladi.