Jinoyat kodeksi 133-1-modda. Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi

Inson aʼzolarining va (yoki) toʻqimalarining oldi-sotdisi, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.