Jinoyat kodeksi 138-modda. Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish

Birovni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) jismoniy azob berib; b) hayot yoki sogʻliq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.