Jinoyat kodeksi 153-modda. Genotsid

Genotsid, yaʼni milliy, etnik, irqiy yoki diniy mansubligiga qarab, bir guruh shaxsning jismonan toʻla yoki qisman qirilib ketishiga olib keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish, bunday shaxslarni jismonan toʻla yoki qisman qirib yuborish, bola tugʻilishini zoʻrlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish, shuningdek, bunday harakatlar sodir etish toʻgʻrisida buyruq berish — oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.