Shaxsning terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155 , 158 , 159 , 161 , 242 , 245 , 254 , 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtishi, shu jumladan mazkur jinoyatlarni sodir etish bilimini, amaliy mahoratini va koʻnikmalarini egallashi, oʻquv chogʻida qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, atrofdagilar uchun xavf tugʻdiradigan boshqa moddalar va buyumlar bilan muomala qilish usullarini oʻrganishi, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun oʻquvdan oʻtish yoki terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanish maqsadida shaxslarni yollash — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs, agar u terrorchilik faoliyatini amalga oshirish yoxud ushbu Kodeksning 155 , 158 , 159 , 161 , 242 , 245 , 254 , 255¹ va (yoki) 264-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlardan birini sodir etish maqsadida oʻtkazilayotganligi oʻzi uchun ayon boʻlgan oʻquvdan oʻtganligi, chiqib ketishga yoki harakatlanishga uringanligi toʻgʻrisida hokimiyat organlariga ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, sodir etilgan jinoyatni fosh qilishga yoki bunday oʻquvdan oʻtgan, chiqib ketishni, harakatlanishni yoki oʻquvni amalga oshirgan, tashkil etgan yoxud moliyalashtirgan boshqa shaxslarni, shuningdek oʻquv oʻtkazilgan joyni aniqlashga faol koʻmaklashsa va agar uning harakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi mavjud boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod qil