Jinoyat kodeksi 172-modda. Mulkni qoʻriqlashga vijdonsiz munosabatda boʻlish

Shaxsning mulkni qoʻriqlash yuzasidan oʻz vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari boʻlmasa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.