Soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, yaʼni yuridik yoki jismoniy shaxsning yoxud yakka tartibdagi tadbirkorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarini iqtisodiy jihatdan bajara olishi haqida bila turib, ularni toʻliq hajmda bajara olmasligi toʻgʻrisida eʼlon berishi kreditorlarga koʻp miqdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.