Maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sogʻligʻi, tirik tabiat uchun xavfli boʻlgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir maʼlumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.