Jinoyat kodeksi 223-modda. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish

Belgilangan tartibni buzib chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoxud Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yorib oʻtish yoʻli bilan; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan mansabdor shaxs tomonidan; d) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda cheklangan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa. besh yildan oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida nazarda tutilgan siyosiy boshpana huquqidan foydalanish uchun kirish hujjatlarini tegishli darajada rasmiylashtirmasdan Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinadilar.