Jinoyat kodeksi 237-modda. Yolgʻon xabar berish

Yolgʻon xabar berish, yaʼni jinoyat toʻgʻrisida bila turib yolgʻon xabar berish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat: a) ayblovning sunʼiy dalillarini vujudga keltirgan holda; b) gʻarazgoʻylik niyatlarida; v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab; g) ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.