Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra sodir etilishi boshlangunga qadar toʻxtatilgan boʻlsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik koʻrish deb topiladi. Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra oxiriga yetkazilmagan boʻlsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi. Jinoyatga tayyorgarlik koʻrganlik va jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun javobgarlik ham ushbu Kodeks Maxsus qismining tamom boʻlgan jinoyat uchun javobgarlikni belgilovchi moddasiga muvofiq hal qilinadi.