Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: a) koʻp miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) mansab mavqeyini suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa; d) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish: a) juda koʻp miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa; v) odam oʻlishiga sabab boʻlsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda