Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar taʼlim tashkilotlarida, ularning hududida yoki talabalarning (oʻquvchilarning) yotoqxonalarida, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida yoki talabalar (oʻquvchilar) tomonidan oʻquv, sport yoki jamoat tadbirlarini oʻtkazish uchun foydalaniladigan boshqa joylarda, shuningdek ularga tutash hududlarda sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini yoxud shaxsning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalarni har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish, — ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270, 271, 273, 275 — 276⁸-moddalarida nazarda tu