Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki oʻtkazish, shu jumladan ana shunday oʻyinlar uchun qimorxonalar tashkil etish yoki ularni saqlash — yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakatlar: a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarga jalb qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
XX ¹ bob. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar