Jinoyat kodeksi 283-modda. Badanga shikast yetkazish

Boshliqni doʻpposlash, uning badaniga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish u harbiy xizmat yuzasidan oʻz vazifalarini bajarganligi munosabati bilan yoki bajarayotgan vaqtda sodir etilgan boʻlsa, — uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Badanga ogʻir shikast yetkazish, shuningdek, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar: a) bir guruh shaxslar tomonidan; b) qurol ishlatib sodir etilgan boʻlsa, — uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.