Dezertirlik, yaʼni harbiy xizmatdan butunlay boʻyin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish, shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslik — besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaxs yoki harbiy xizmatni kontrakt (shartnoma) boʻyicha oʻtayotgan harbiy xizmatchi tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.