Oʻzining biron aʼzosini mayib qilish, yaʼni harbiy xizmatchining oʻz badaniga biron shikast yetkazish yoʻli bilan, shuningdek, oʻzini yolgʻondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yoʻli bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan boʻyin tovlashi yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortishi — bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha harakat jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.