Chegarachilar naryadi tarkibida boʻlgan shaxsning chegara xizmatini oʻtash qoidalarini buzishi chegaraning daxlsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, — ikki yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki bir yilgacha intizomiy qismga yuborish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmish: a) qonunga xilof ravishda chegaradan oʻtishga; b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, — besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.