Jinoyat kodeksi 31-modda. Jinoyatga daxldorlik

Jinoyatga tayyorgarlik koʻrilayotganligi, jinoyat sodir etilayotganligi yoki jinoyat sodir etilganligi haqida aniq bila turib, oldindan vaʼda bermagan holda, hokimiyat organlariga xabar qilmaslik, ushbu Kodeksning 155¹ va 241-moddalarida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi. Jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli va vositalarini, jinoyat izlarini yoki jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan narsalarni oldindan vaʼda bermagan holda yashirganlik ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan hollardagina javobgarlikka sabab boʻladi. Oldindan vaʼda bermagan holda jinoyat haqida xabar bermaganlik yoki jinoyatni yashirganlik uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining yaqin qarindoshlari javobgarlikka tortilmaydi.