Jinoyat kodeksi 70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yoʻqotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish

Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda koʻrilayotgan vaqtgacha sharoit oʻzgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki oʻqishga halol munosabati bilan oʻzini koʻrsatib, ijtimoiy xavfliligini yoʻqotdi deb eʼtirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.