Jinoyat kodeksi 98-modda. Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish

Jabrlanuvchi tomonidan qilingan gʻayriqonuniy zoʻrlik yoki ogʻir haqorat, shuningdek uning boshqa gʻayriqonuniy harakatlari tufayli toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam oʻldirish — ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.