Jinoyat-protsessual kodeksi 121-4-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish tartibi

Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish sudda soʻroq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat boʻlganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning maʼruzasi bilan boshlanadi, u koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini asoslaydi. Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga taʼsir qiladigan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi. Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi. Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga koʻra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan boʻlsa, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin. Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy daʼvogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426 , 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Taraflar sud majlisi bayonnomasining koʻchirma nusxasini, shuningdek oʻz hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidir. Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol koʻrib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad