Jinoyat-protsessual kodeksi 122-modda. Yuzlashtirish uchun asoslar

Yuzlashtirish ilgari soʻroq qilingan ikki shaxs koʻrsatuvlari oʻrtasida jiddiy qarama-qarshiliklar boʻlganda bu qarama-qarshiliklarning sababini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Yuzlashtirishda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvoh soʻroq qilinishi mumkin.