Guvohlantirish oʻtkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish oʻtkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan boʻlishi lozim. Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan soʻng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.