Jinoyat-protsessual kodeksi 153-modda. Eksperiment oʻtkazish uchun asoslar

Surishtiruvchi, tergovchi va sud guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilarning koʻrsatuvlarini, boshqa dalillarni, shuningdek ish yuzasidan qilingan tusmol, tekshirilayotgan hodisaga oid muayyan harakatlar, sharoit va holatlarni tiklash hamda zaruriy tajribalar oʻtkazish orqali tekshirishga haqlidir. Eksperiment biror hodisani idrok qilish, muayyan harakatlarni bajarish, biror hodisaning sodir boʻlish imkoniyatini tekshirish, shuningdek hodisaning yuz berish va izlarning qolish yoʻsinlarini aniqlash uchun oʻtkaziladi.