Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qoʻllashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ish tugatilganda, birinchi instansiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qoʻyish chorasi bekor qilinishi lozim. Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi.
21-bob. TELEFONLAR VA BOSHQA TELEKOMMUNIKATSIYA QURILMALARI ORQALI OLIB BORILADIGAN SOʻZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH, ULAR ORQALI UZATILADIGAN AXBOROTNI OLISH