Taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxslar tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxslarini yoki vakillarini taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar bilan taftish oʻtkazish boshlanguniga qadar tanishtirishi, shuningdek tekshiruvlarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga yozuv kiritishi shart. Taftish tayinlash toʻgʻrisidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish oʻtkazish haqidagi buyrugʻining koʻchirma nusxalari tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsiga yoki vakiliga imzo qoʻydirib topshirilgan, shuningdek ular xizmat guvohnomasi va taftishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma bilan tanishtirilgan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Tekshirilayotgan subyekt mansabdor shaxsining yoki vakilining taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortishi taftishni bekor qilish uchun asos boʻlmaydi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili tegishli hujjatlarni olish va ular bilan tanishishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazish uchun tayinlangan shaxs tomonidan uning oʻzi va tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili imzolaydigan bayonnoma tuziladi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili mazkur bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, unga tegishli yozuv yozib qoʻyiladi. Mazkur holda bayonnoma imzolangan payt taftish oʻtkazish boshlangan payt deb hisoblanadi. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili taftish oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar olinganidan va ular bilan tanishib chiqilganidan keyin taqdim etishi shart. Tekshirilayotgan subyektning mansabdor shaxsi yoki vakili hujjatlarni, axborot va materiallarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda, taftish oʻtkazuvchi shaxs bundan buyongi protsessual harakatlarni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladigan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga bu haqda d