Jinoyat-protsessual kodeksi 196-modda. Namunalar olishda shaxs huquqlarining himoya qilinishi

Ekspert tekshiruvi uchun namunalar olishda qoʻllaniladigan usullar va ilmiy-texnikaviy vositalar inson hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi lozim. Kuchli ogʻriq beradigan murakkab tibbiy tadbirlar va usullarni qoʻllash namuna olinishi lozim boʻlgan shaxsning roziligi bilan, basharti u voyaga yetmagan yoki ruhiy holati buzilgan boʻlsa, uning qonuniy vakili, vasiylari yoki homiylarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Namuna olish namuna olinuvchini yechintirib yalangʻochlash bilan bogʻliq boʻlsa, shifokor, boshqa mutaxassis, xolislar namuna olinuvchi shaxs bilan bir jinsda boʻlishlari lozim.