Jinoyat-protsessual kodeksi 201-1-modda. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga elektron maʼlumotlarni oʻz tashabbusi bilan taqdim etish

Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari oʻz tasarrufida boʻlgan elektron maʼlumotlarni tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga oʻz tashabbusi bilan taqdim etishga haqli.