Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar, elektron maʼlumotlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir boʻlgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmogʻini koʻzdan kechirish chogʻida, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chogʻida, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish chogʻida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi mumkin.