Jinoyat-protsessual kodeksi 206-modda. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish

Boshqa shaxslardan topilgan, olib qoʻyilgan yoki qabul qilib olingan narsalar ushbu Kodeksning 135 — 137 , 139 va 140-moddalarida koʻrsatilgan qoidalarga asosan darhol koʻzdan kechiriladi. Koʻzdan kechirishda narsaning ishga taalluqliligi haqida xulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek uni boshqa narsalardan farqlovchi belgilar aniqlanishi lozim. Koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalari narsa olingan paytda oʻtkazilayotgan tergov harakati bayonnomasida yoki sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi.