Ushlab turish jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning jinoiy faoliyat bilan shugʻullanishiga barham berish, qochib ketishining, dalillarni yashirishi yoki yoʻq qilib yuborishining oldini olish maqsadida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum qilishdan iboratdir. Ushlab turish jinoyat ishi qoʻzgʻatilgunga qadar ham, ish qoʻzgʻatilganidan keyin ham amalga oshirilishi mumkin. Keyingi holatda ushlab turishga faqat surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.