Jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxs quyidagi asoslar mavjud boʻlganda ushlab turilishi mumkin: 1) shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qoʻlga tushsa; 2) jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs tariqasida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatsalar; 3) uning oʻzida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol izlari topilsa; 4) shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos boʻladigan maʼlumotlar mavjud boʻlib, u qochmoqchi boʻlsa yoki doimiy yashaydigan joyi yoʻq yoxud shaxsi aniqlanmagan boʻlsa.