Jinoyat-protsessual kodeksi 228-modda. Ushlab turilganlarni saqlash joylari

Ushlangan shaxs ichki ishlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilganidan soʻng u ozodlikdan mahrum etish joyi hisoblanmagan xizmat binolarida saqlanadi yoki vaqtincha saqlash hibsxonasi kamerasiga, ushlab turilgan harbiy xizmatchi esa gauptvaxtaga joylashtiriladi. Ushlab turilganlarni ayrim joylarda istisno tarzida maxsus moslashtirilgan binolarda, dengiz va daryo kemalarida esa, maxsus ajratilgan kayutalarda saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Jazoni ijro etish muassasalarida ushlab turilganlarni saqlash uchun maxsus kameralar jihozlanadi. Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi.