Jinoyat-protsessual kodeksi 254-10-modda. Sud ajrimi

Sudya Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida; 2) Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqida. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi haqidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash asoslari koʻrsatiladi. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan boʻlishi kerak. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklashni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun ichki ishlar organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga yuboriladi, maʼlumot uchun prokurorga, surishtiruvchiga yoki tergovchiga hamda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga beriladi. Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, ularning himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud prokuror tomonidan apellyatsiya tartibida protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ijrosini toʻxtatib turmaydi. Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi mazkur materiallarni ular shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soatdan