Jinoyat-protsessual kodeksi 254-5-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish

Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.