Statsionar sud-tibbiy yoki sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasini olganidan soʻng prokuror, tergovchi va surishtiruvchi qaror chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasini bekor qilish haqida qaror chiqaradi. Sud ekspertizasi natijalariga koʻra shaxs aqli noraso deb eʼtirof etilganda uning tibbiy muassasada bundan buyon boʻlishi toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 61-bobi normalariga muvofiq hal etiladi, jabrlanuvchi, guvoh aqli noraso deb eʼtirof etilgan yoki shaxsning psixiatriya yordami koʻrsatish talab etiladigan boshqa turdagi ruhiy kasalligi aniqlangan hollarda esa, qonunchilikka muvofiq umumiy asoslarda hal etiladi.
32-bob. PROTSESS ISHTIROKCHILARINING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH. SURISHTIRUV, DASTLABKI TERGOV VA SUDDA PROTSESSUAL MAJBURIYATLAR HAMDA TARTIBNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK