Fuqaroviy daʼvo boʻyicha ish yuritishda ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli fuqaroviy, mehnat va boshqa soha qonunchiligi qoidalariga muvofiq aniqlanadi. Boshqa soha qonunchiligida belgilangan daʼvo muddati jinoyat protsessidagi fuqaroviy daʼvoga nisbatan qoʻllanilmaydi.