Jinoyat-protsessual kodeksi 313-modda. Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning mulkiy va boshqa huquqlarini tiklash

Reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish ushbu bobda belgilangan qoidalarga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.