Jinoyat-protsessual kodeksi 315-modda. Protsessual majburlov choralari qoʻllanganda muddatlarni hisoblash

Shaxsni ushlab turish, qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi va tibbiy muassasaga joylashtirishda muddat ushbu choralar amalda qoʻllanilgan paytdan boshlab hisoblanadi. Ushbu Kodeksning 226 , 245 va 268-moddalarida koʻrsatilgan muddat oʻtgach, shaxs darhol ozod qilinishi lozim. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar uni qabul qilishga vakolatli shaxsga topshirilgan yoxud xabar qilingan boʻlsa, muddatga rioya etilgan deb hisoblanadi. Shikoyat, iltimosnoma yoki boshqa hujjat muddat tugagunga qadar pochtaga topshirilgan boʻlsa, qamoqda saqlanayotgan yoxud tibbiy muassasadagi shaxslar uchun esa, dastlabki qamoq yoki tibbiy muassasa maʼmuriyatiga topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtgan deb hisoblanmaydi.