Jinoyat kodeksi 105-moddasining birinchi qismida , 109-moddasida , 110-moddasining birinchi qismida , 111-moddasida , 118-moddasining birinchi qismida , 119-moddasining birinchi qismida , 121-moddasining birinchi qismida , 136-moddasida , 139-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 140-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida , 141¹-moddasining birinchi qismida , 141³-moddasida , 149 , 149¹-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari aybdorni javobgarlikka tortishni soʻrab jabrlanuvchi bergan shikoyat arizasi asosidagina qoʻzgʻatiladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, ayblanuvchiga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda prokuror jabrlanuvchining shikoyatisiz ham jinoyat ishini qoʻzgʻatishi shart. Jinoyat kodeksining 167 , 170 , 172 , 173-moddalarida nazarda tutilgan va ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaxsga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi jinoyat ishlari faqat mazkur yuridik shaxs rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra qoʻzgʻatiladi.