Jinoyat-protsessual kodeksi 327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar

Muayyan jinoyat toʻgʻrisida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yoʻllangan, lekin eʼlon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatishga sabab boʻladi. Jinoyat toʻgʻrisidagi xabarni eʼlon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan oʻz ixtiyorlarida boʻlgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.