Ushbu moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov oʻtkazilishi shart. Jinoyat kodeksining 97 — 103¹ , 108 , 116 , 132 , 137 , 141 — 149³-moddalarida , 169-moddasi ikkinchi qismining “ d ” va “e” bandlarida hamda uchinchi qismining “g” bandida , 175-moddasida , 192¹— 192¹² , 197¹ , 205 — 215 , 218 — 222 , 229¹-moddalarida , 229³-moddasi oltinchi qismida , 229⁴ , 229⁵ , 230 — 230² , 231-moddalarida , 232-moddasi ikkinchi qismida , 232¹— 236 , 241¹— 242 , 265-moddalarida , 276¹¹-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 150 — 163 , 182 , 223 , 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 104-moddasida , 105-moddasi ikkinchi qismida , 106 , 107-moddalarida , 110-moddasi ikkinchi qismida , 114-moddasi uchinchi qismida, 115¹-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 122¹-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 126¹-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 127¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 128¹-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 133¹ , 133² , 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinc