Jinoyat-protsessual kodeksi 358-modda. Tergovchining va prokurorning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyat berish

Tergovchining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat tergov boʻlinmasi boshligʻiga va ishni tergov qilishda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga beriladi. Prokurorning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi prokurorga beriladi.