Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan toʻxtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni toʻxtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2 , 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham koʻrsatiladi. Tergovchi dastlabki tergovni toʻxtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi.