Jinoyat-protsessual kodeksi 402-modda. Protsess ishtirokchilarini jinoyat ishi materiallari bilan tanishtirish

Sudya jinoyat ishi sudda muhokama qilish uchun tayinlangandan soʻng prokuror, himoyachi, jamoat ayblovchisi, jamoat himoyachisi, shuningdek sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga, basharti ular surishtiruv yoki dastlabki tergov davrida ish materiallari bilan tanishtirilmagan boʻlsalar, ishdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishlari va oʻzlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni koʻchirib olishlariga imkoniyat yaratishi shart.