Sudya dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida; 2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida; 3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov xulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida; 4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida; 5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻgʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida. Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan eʼtiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi.