Sudyalar kirib kelayotganda sud majlisi zalida hozir boʻlganlarning hammasi oʻrinlaridan turadilar. Sud protsessining barcha ishtirokchilari sudga tik turgan holda murojaat qiladilar, koʻrsatuvlar beradilar va bayonotlar qiladilar. Ushbu qoidadan faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina chetga chiqilishi mumkin. Sud protsessining barcha ishtirokchilari, shuningdek sud zalida hozir boʻlgan barcha shaxslar raislik qiluvchining sud majlisida belgilangan tartibga rioya qilish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari lozim. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar, basharti ular sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvoh boʻlmasalar, sud majlisi zaliga kiritilmaydilar.