Jinoyat-protsessual kodeksi 425-modda. Sud majlisida tartibni buzuvchilarga nisbatan qoʻllaniladigan choralar

Tartibbuzar sud majlisida tartibni buzganida, raislik qiluvchining farmoyishiga boʻysunmaganida yoki sudga hurmatsizlik qilganida unga nisbatan ushbu Kodeksning 272-moddasida nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.